26 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Sobesednik” naşri jurnalistlari tomonidan Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putina turmuşga çiqqani sababli özining familiyasini Oçeretnayaga özgartirgani haqida tarqatilgan xabarga izoh berişdan boş tortdi. Bu orada Lyudmila Putina tomonidan nazorat qilinuvçi Şaxslararo aloqalarni rivojlantiriş markazining feysbukdagi sahifasida qiziq post aniqlandi.
2015 yilning 14 aprelida Oçeretnyy feysbukda “öz “meni”ning integratsiyasini baholaş” va “stress yuklamasining darajasini aniqlaş”ga sinov bilan bölişgandi. Bu post tagida Lyudmila Putina nomidan post yoqişi haqida layk qöyilgan.
Bunga javoban Artur Oçeretnyy “Moyey nra!”, ya'ni “Menikiga yoqadi!” deb izoh yozgan.

Artur Oçeretnyy 37 yoşda bölib, u Şaxslararo aloqalarni rivojlantiriş markazining rahbari hisoblanadi. Bu markaz pedagogik va ta'lim dasturlari bilan şuğullanadi va Lyudmila Putina tuğilib ösgan Kaliningradda faol iş olib boradi.







