AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQŞ iqtisodiyotini “u meros sifatida olişni istamaydigan pufak” bilan qiyosladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Trampning işonişiça, iqtisodiyotdagi bu pufak yaqin orada yorilib ketadi va u AQŞ prezidenti etib saylanadigan bölsa, uni meros sifatida olişni istamaydi.

“Biz pufakda turibmiz. Töğrisini aytganda, pufak yoriladigan bölsa ham, umid qilamanki, bu men prezident bölgunça sodir böladi. Men uni va uning oqibatlarini meros sifatida olmoqçi emasman. Men buni prezident bölganimdan bir kun keyin emas, prezident bölişimdan bir kun oldin yuz berişini istagan bölardim”, deb aytdi Tramp.  

Tramp, şuningdek, bugungi AQŞ fond birjasiga qaraş va uni ötgan haftadagi körsatkiçlar bilan taqqoslaşga çaqirdi.

“Biz şu bir hafta içida qança köp narsa yöqotdik”, deb aytdi Tramp.