Germaniyaning Özbekistondagi elçisi Naytxart Xyofer-Vissing 26 yanvardagi matbuot-anjumanida Germaniya va Özbekistonning 2015 yildagi hamkorligi haqida ma'lumot berdi va joriy yildagi rejalari bilan örtoqlaşdi.

Deyarli butun jahon hamjamiyatiga va xususan, Yevropa Ittifoqiga ta'sir qilgan bir qator qiyinçiliklarga qaramasdan, Germaniya Yaqin Şarq va Şarqiy Yevropadagi ixtiloflarni tinçlik bilan hal qiliş böyiça sa'y-harakatlarni amalga oşirmoqda.

“Germaniya joriy yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga raislik qiladi va bu lavozimda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Özbekiston bilan köp tomonlama aloqalarni rivojlantiriş va çuqurlaştirişga intiladi”, deb aytdi Naytxart Xyofer-Vissing.

Özbekistonning Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasidagi uluşi 22,5 foizni taşkil qiladi. Şu bilan birga, ötgan yili ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasida kamayiş kuzatilgan. Germaniya statistikasiga köra, 2015 yilning yanvar-noyabr oylarida Germaniyadan Özbekistonga eksport 380 mln yevroni va Özbekistondan Germaniyaga eskport 16,1 mln yevroni taşkil qilgan. Butun 2014 yil davomida bu körsatkiçlar mos ravişda 465 mln va 16,8 mln yevroni taşkil qilgandi.

Elçi ikki tomonlama munosabatlarni faollaştirişga ötgan yili Özbekiston-Germaniya va Germaniya-Özbekiston işbilarmonlik kengaşlarining yaratilgani yaxşi imkoniyat bölişi mumkinligini aytdi. Elçi bu va boşqa loyihalar ikki davlat halqlari manfaatlari uçun xizmat qilişiga umid bildirdi.

2016 yilda Germaniya Afğonistondagi vaziyatni tartibga solişdagi iştirokini davom ettiradi, şu sababli Bundestag özining bu davlatdagi kuçlarini oşirişga qaror qildi.

“Özbekiston hukumati kabi biz Afğonistondagi aholi tinç-totuvlikda yaşaşi uçun bu davlatda muzokaralar ötkaziş uçun istalgan imkoniyatdan foydalanişimiz kerak. Bu davlatda nemis askarlari körgan qurbonlar bekor bölmasligi kerak”, deb aytdi elçi.