Italiyalik siyosatçilar Italiya boş vaziri Matteo Rentsini Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Italiyaga safari paytida Kapitoliy muzeyiga taşrifi oldidan u yerdagi barça yalanğoç körinişdagi qadimiy haykallarni töstirib qöygani uçun tanqid qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Italiyaning turli partiyalari vakillarining aytişiça, Rentsi Eron prezidenti bilan uçraşuvda nafaqat Erondagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat haqida heç narsa demadi, balki yalanğoç körinişdagi odam haykallarini töstirib, Italiyaning madaniy yodgorliklariga bepisandlik qildi.
“Boşqa madaniyatlarga hurmat öz madaniyatidan voz keçiş deganini anglatmasligi kerak”, deb aytdi “Olğa, Italiya” partiyasining a'zolaridan biri.
Uning aytişiça, bu xatti-harakat – hurmat belgisi emas, balki madaniyatlar örtasidagi tavofutni berkitişga uriniş va öz davlati madaniy merosiga bepisandlikdir.
“Söllar Ekologiya Erkinlik” partiyasi Rentsini “madaniyat va san'atning universal qadriyatini kamsituvçi bu qarorini” tuşuntirişga çaqirdi.
Avvalroq Ruhoniyning Italiyadagi muzeyga taşrifi tufayli muzeydagi yalanğoç haykallar panellar bilan tösib qöyilgandi. Mahalliy axborot agentligining aytişiça, Eron prezidentiga hurmat belgisi sifatida bunday yöl tutilgan.






