Kanada hukumati Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilişini hamda Tehronda elçixonasini oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 26 yanvarda Kanada taşqi işlar vaziri Stefan Dion ma'lum qildi.
“Kanada sanksiyalarni bekor qiladi, biroq yadroviy qurolga ega bölişi kerak bölmagan, inson huquqlari uçun xavf soladigan tuzum va bizning ittifoqçilarimiz dösti hisoblanmaydigan Erondagi tuzumga muayyan işonçsizlik darajasini saqlab qoladi”, deb aytdi Dion. Uning aytişiça, sanksiyalarning bekor qilinişi Kanada ittifoqçilari bilan maslahatlaşgan holda amalga oşiriladi.
Dion, Kanada şuningdek Tehronda öz elçixonasini oçişini ta'kidlab ötdi, biroq buning aniq muddatlarini aytmadi. Kanada özining Erondagi elçixonasini 2012 yilda yopgandi va Ottavadan eronlik diplomatlarni çiqartirib yuborgandi.
Eronga nisbatan Kanada tomonidan sanksiyalar 2010 yilda kiritilgan. Ularga köra, Eronga Kanadadan atom, raketa va harbiy mahsulot eksport qiliş, gaz, neft va neft-kimyo sanoatiga investitsiyalar kiritiş, neft mahsulotlari eksporti taqiqlangan.






