Polietilen paketdan Lionel Messining futbolkasini yasab, kiyib olgan bola Afğonistonda yaşaşi ma'lum böldi. Buni isbotlovçi suratlar Tvitterga joylaştirilgan.

Ayni paytda Avstraliyada yaşaydigan, asli afğonistonlik bölgan Azim Ahmadiy ismli foydalanuvçi Murtazo ismli beş yoşli jiyani suratlarini e'lon qilgan. Suratlarda paketdan futbolka yasab olgan bolakayning turli tomonlardan tuşirilgan körinişlari aks etgan.

Bolaning otasi Orif qarindoşi Azimga Murtazoning asl fotosuratlarni yuborgan. Uning oilasi ayni vaqtda ham Afğonistonning qişloq hududida yaşamoqda.

"U haqiqatan ham futbolni va Messini yaxşi köradi. Bizda öğlimga haqiqiy libosni sotib oliş uçun imkon yöq, men oddiy dehqonman. Şuning uçun bolalar paketdan foydalanişgan. Murtaza interneti bölgan döstlari orqali özining maşhurlaşib ketgani haqida eşitdi", dedi ota.

Murtazoning otasi xorijiy mamlakatlar öğlining öz kumiri bilan uçraşişida yordam berişiga umid qilmoqda.

Biroz oldinroq, turkiyalik internet foydalanuvçilari polietilen paketdan Argentina termasi formasini eslatuvçi ranglarga ega futbolka yasab, kiyib olgan bola suratini tarqatişgandi. Suratda Dahuk şahrida yaşovçi bola orqa tomonidan körsatilgan, bu surat tezda internetda tarqalib ketgandi.

Uşbu fleşmob haqida Lionel Messining özi xabar topdi va bolaga yordam beriş istagini bildirgandi.