Belgiyaning Antverpen şahrida suziş böyiça ötkazilgan xalqaro turnirda özbekistonlik Ra'noxon Amanova 400 metr masofaga kompleks usulda suziş musobaqasida marra çiziğiga 4.40.71 soniyada yetib kelib, XXXI yozgi Olimpiada öyinlari yöllanmasi uçun belgilangan me'yorni bajardi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Şu tariqa, Ra'noxon Rio—2016 Olimpiada öyinlarida ikki yönaliş böyiça ötkaziladigan musobaqalarda qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
Eslatib ötamiz, Amanova 2015 yilning 2—3 noyabr kunlari Doha şahri (Qatar)da ötkazilgan Jahon Gran-Pri turnirida 200 metr masofaga kompleks usulda suziş musobaqalarida muvaffaqiyatli iştirok etgan va Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkaziladigan Olimpiada öyinlari yöllanmasi uçun belgilangan me'yorni bajargan edi.
Hozirga qadar Rio—2016 öyinlariga 52 nafar özbekistonlik sportçi yöllanma oldi. Şundan 24 nafari paralimpiyaçilarga tegişli.
Ma'lumot uçun. Özbekiston sportçilari bugungi kunga kelib 2016 yilning 5—21 avgust kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada öyinlariga yengil atletika sport turida 8ta, boks, baydarka va kanoeda eşkak eşiş hamda oğir atletika sport turlarida 5tadan, suziş sport turida 2ta, taekvondo (WTF), erkin va yunon rum kuraşi sport turlarida bittadan yöllanmalarni qölga kiritgan. Özbekistonlik paralimpiyaçilar esa yengil atletika sport turida 10ta, dzyudo sport turida 8ta, suziş sport turida 4ta, öq otiş hamda pauerlifting sport turlarida bittadan yöllanmaga ega bölib turibdi.






