2016 yilning 1 fevralidan Qirğizistonda mobil aloqaning röyxatdan ötmagan abonentlari tarmoqdan uzib qöyiladi. Bu haqda hukumat qoşidagi davlat aloqa agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2016 yil 18 yanvar holatiga köra respublikada 7814743 köçma radiotelefon aloqa abonenti bor. Personifikatsiya jarayonidan esa 7490134 foydalanuvçi ötgan bölib, bu abonentlarning 95.85 foizini taşkil qiladi.

Hafta oxiriga qadar abonentlar öz raqamlarini röyxatdan ötkazib, mobil operatorlar bilan şartnomalar tuza oladi.

SIM-kartalar registratsiyasi bepul ötkaziladi. Buning uçun har qanday savdo nuqtasiga şaxsni tasdiqlovçi biror hujjat bilan kelişning özi kifoya. 16 yoşga tölmagan fuqarolarning raqamlari ularning qarindoşlari nomiga ötkaziladi. Çet el fuqarolari Qirğiziston fuqarolari bilan bir xil şartlarda öz raqamlarini röyxatdan ötkaza oladi.