Saudiyalik fermer tuyalarini yöldan ötkaziş uçun maşinalarni töpponça bilan töxtatdi. Uşbu voqea haydovçilardan biri tomonidan videotasvirga tuşirib olindi.

Sada gazetasi videoni YouTube servisiga joylaştirdi. Unda körinişiça, dehqon Kalaşnikov avtomatini haydovçilarga öqtalib, ularni töxtatgan va tuyalarini yöldan ötkazib olgan.

Voqea Xafr al-Botin şahri çetida sodir bölgan.
Politsiya matbuot kotibi, polkovnik Ziyod al-Ruğaytiyning ma'lum qilişiça, bu odam topilgan va hibsga olingan. 40 yoşli erkak qurolga litsenziyasi borligini aytib, haydovçilarga tahdid solganini inkor qilmoqda.