Özbekiston hozirça birorta A/H1N1 grippiga (çöçqa grippi) çaliniş holati kuzatilmadi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, boş davlat sanitar vraçi Saidmurod Saidaliyev bayonot berdi.
“Şu kunlarda dunyoning bir qator mamlakatlarida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda uşbu yönalişdagi işlar kuçaytirildi. 3 mingga yaqin tahlillar ötkazildi, birorta çöçqa grippiga çaliniş holati kuzatilmadi”, - uning sözlarini keltiradi Sputnik agentligi.
Saidaliyevning sözlariga qaraganda, vazirlikning virusologiya ilmiy tadqiqot instituti qoşida virusologik laboratoriya işlaydi, u Butunjahon soğliqni saqlaş taşkilotining tegişli sertifikatiga hamda çöçqa grippini aniqlay oladigan diagnostika uskunalariga egadir.






