Namangan şahrida joylaşgan “Hidoya” örta maxsus islom bilim yurtining (sobiq “Mulla Qirğiz” madrasasi) yangi binoga köçiriş marosimi bölib ötdi.

Mazkur marosimda Namangan şahri faxriylari, mahalla oqsoqollari, masjid imom-xatiblari iştirok etişdi.

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov sözga çiqib, yiğilganlarga uşbu islom bilim yurtining tarixi hamda faoliyati haqida ma'lumot berib ötdi. Namangan viloyat vakilligi tomonidan Özbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatidan madrasa binosini yangi, zamonaviy va barça talablarga javob beradigan binoga köçiriş masalasi söralgan edi. Hukumat tomonidan bu masala ijobiy hal etilgan.

Muftiy Namangan şahrining baland hududida joylaşgan, xuşhavo iqlimga ega bölgan hamda barça qulayliklari mavjud “Oromgoh” dahasidan madrasa uçun yangi majmua ajratilganini mamnuniyat bilan e'lon qildi.

Mazkur majmua bir neça binolardan iborat bölib, unda zamonaviy öquv binosi, hamda barça qulayliklarga ega bölgan talabalar turar joyi ham mavjud. Şuningdek, bu yerda oşxona, namozxona, majlislar zali hamda viloyat vakilligi uçun ham maxsus binolar barpo qilingan.

Yangi majmuaning hududi 10 gektarga yaqin bölib, bu yerda 10 mingdan ziyod mevali, 3 mingdan ziyod manzarali daraxt ekilgan.

Viloyatda faoliyat körsatayotgan masjidlar imom-xatiblarning yiğilişlari uçun möljallangan maxsus majlislar zali, ma'naviyat va ma'rifat xonalari, zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlangan axborot-resurs markazlari taşkil etilgan. Majmua zamonaviy isitiş va sovutiş tizimiga ega.

Bunday ulkan majmuani taşkil etişdan maqsad bu maskanni kelajakda Özbekiston respublikasining diniy-ma'rifiy bilim markazlaridan biriga aylantiriş hisoblanadi.

"Muftiy sözining oxirida Namangan ahlini uşbu xayrli iş bilan muborakbod etib, bu öquv yurtidan kelajakda nafaqat yurtimizda, balki dunyoga maşhur olim va ulamolar çiqişiga işonç bildirdilar", deyiladi “Islom nuri” jurnalida.

Yiğilişda Namangan şahridagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yiğini raisi Mamatvali Turğunov söz olib, uşbu yangilik Namangan ahlini juda quvontirganini ta'kidladi. Şuningdek, buning natijasida talabalar körkam, zamonaviy binolarda tahsil olişlari, xuşmanzara joyning toza havolaridan bahramand bölişlarini bildirib, bu ham mamlakat mustaqilligi şarofati hamda yurtda vijdon erkinligi ta'minlanganining amaldagi tasdiği ekanini alohida ta'kidladi.

Yiğilişda sözga çiqqan mehnat faxriysi Bositxon Abdurahimov öz hissiyotlarini quyidagiça ifodalagan: Biz keksalar bugungi yiğilişda yangi xabarni eşitib, bağoyat xursand böldik. Çunki talaba yoşlarimiz şahrimizning eng bohavo joyida joylaşgan zamonaviy binoga köçib ötmoqda. Oldinlari bizni farzandlarimiz ança, diqqinafas joyda tahsil olayotgani taşvişga solar edi. Bugungi şod-xurramlik muhtaram Prezidentimizning, hukumatimizning yoşlarimizga ulkan ğamxörligi, Namangan tarixida katta ijobiy voqea hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan muqaddas dinimizga körsatilgan bu e'tibor, ayniqsa yoşlarimizning bilim olişlari uçun yaratib berilayotgan qulay şart-şaroitlar uçun biz çeksiz minnatdorçilik bildiramiz.

Yiğilişning barça iştirokçilari, jumladan, madrasa rahbariyati, öqituvçilari va talabalari tomonidan ham bilim yurtiga körsatilgan katta e'tibor va ğamxörlik uçun çeksiz minnatdorliklar bildirildi.

Uşbu quvonçli voqeani ommaviy axborot vositalarida yoritiş, ertangi juma namozida viloyatning barça masjidlarida namozxonlarga yetkaziş zarurligi tayinlangan.