"Özbekiston havo yöllari" MAKda (Uzbekistan Airways) 2015 yildagi işlab çiqariş va moliyaviy faoliyat natijalari sarhisob qilindi.

Natijalarga köra, ötgan yilda milliy aviakompaniyaning xizmatlaridan 2 mln 570 ming yölovçi foydalangan. Bu 2014 yilgi körsatkiçdan 2 foiz kamayişni bildiradi (2014 yildagi körsatkiç 2 mln 625 ming yölovçi).

Şuningdek, 2015 yilda MAK avialaynerlarida 23269 qatnov bajarilgan. Bu 2014 yilgi körsatkiçlardan 542taga kam.

Poçta va pullik bagajni ham qöşib hisoblaganda 42 ming tonna yuk taşilgan va bu borada ham pasayiş qayd etilgan. 2014 yilda bu körsatkiç ösiş 43 ming tonnani taşkil qilgandi. Öz navbatida "Navoiy" iqtisodiy zonasidagi aeroport orqali yuk taşiş hajmi ortgan.

Ayni vaqtda "Navoiy" aeroportida Dehli, Mumbay, Frankfurt, Şanxay, Seul, Milan, Xanoy va Saragosu şaharlariga yuk taşuvçi reyslar amalga oşirilmoqda. 2015 yilda bu aeroportdan 692ta reys amalga oşirilgan va 35 ming 989 tonna yuk taşilgan. Bu 2014 yilgi körsatkiçga nisbatan 16 foiz ösişni anglatadi.

Bu ösiş 2014 yil dekabrida 2ta yölovçi taşiş samolyotlari (Boeing-767-300ER) yuk taşiş samolyotlariga aylantirilişi (Boeing-767-300BCF) evaziga röy berdi.

Prezidentning 2014 yil 12 maydagi «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining ikkita Boeing-767-300ER yölovçi havo kemalarini yuk havo kemasi etib qayta jihozlaş böyiça çora-tadbirlar töğrisidagi qarori asosida Özbekiston milliy aviaparki zamonaviy ikkita havo kemasi bilan boyidi.

Bu samolyotlar «Özbekiston havo yöllari» MAK va Boeing kompaniyasi örtasidagi ikkita Boeing-767-300ER yölovçi samolyotini Boeing-767-300BCF yuk havo kemasiga aylantiriş böyiça loyihani amalga oşiriş doirasida tayyorlandi.

Hozirda bu samolyotlar haftasiga örtaça 13ta reys amalga oşiradi. Ularning bir reys davomida taşiydigan yuk miqdori 53 tonnagaça.