2015 yilning yanvar-dekabr oylarida “Özkimyosanoat” korxonalarida 2187,5 mlrd. sömlik tovar mahsulot (ösiş sur'ati 108%) hamda 185 mlrd. sömlik xalq iste'mol mollari (ösiş sur'ati 117,6%) işlab çiqarildi. Bu haqda “Özkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Sof holda 1234,38 ming tonna mineral öğitlar, şu jumladan 942,72 ming tonna azotli öğitlar, 148,42 ming tonna fosforli öğitlar va 143,24 ming tonna kaliyli öğitlar işlab çiqarildi.

Mahalliylaştiriş dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-dekabr oylarida 248,6 mlrd.sömlik mahsulot işlab çiqarildi (prognoz 244,2 mlrd.söm). 2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajariş doirasida “Özkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 222,9 mln.dollar hajmida investitsiyalar özlaştirildi va prognoz 122,6%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan şartnomalarga binoan 208 mlrd.sömlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.