26 yanvar kuni Hindiston poytaxtida tantanali ravişda nişonlangan Mustaqillik bayrami vaqtida çegaraçilar vakillarining çiqişlari alohida e'tiborga sazovor böldi.

Ular mototsikllar orqali hayratomuz tryuklarni bajarişdi. Quyida bu tryuklarning ba'zilari tasvirlarini tomoşa qiliş mumkin.

Ma'lumot uçun, Mustaqillik bayrami Hindistondagi eng yirik bayramlardan biri hisoblanib, bu kun butun mamlakat böylab keng nişonlanadi. Poytaxtda turli harbiy paradlar ötkaziladi.

Mustaqillik deklaratsiyasi Hindistonda 1950 yilning 26 yanvarida qabul qilingan bölib öşa kuni Hindiston Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bölgani e'lon qilingandi.