Meksika poytaxti Mexiko şahri aholisining 4,5 milliondan ortiq qismi bir neça kundan keyin içimlik suvi ta'minotidan uzilib qoladi. Şuningdek, şahar atrofida yaşaydigan 800 mingga yaqin kişi suvsiz qoladi. Bunga markaziy "Kuttsamala" suv ta'minotida ta'mirlaş işlari olib borilişi sabab böladi.

"Quvurlar juda eskirib ketgan. Ularni ta'mirlamasa bölmaydi. Biz yilning bu vaqtida suvga ehtiyoj nisbatan kam bölişi tufayli ta'mirlaş işlarini ötkazib olişga qaror qildik", deydi maxsus komissiya rahbari Roberto Ramiresa de la Parru Notimeks agentligiga bergan intervyusida.

U "Kuttsamala" suv tizimidan 40 yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz foydalanib kelinganini, şuning uçun ahvol oğir darajaga yetganini aytgan.

"Avariya holatini joriy qilib, uzoq bölmagan vaqtga uning işini töxtatiş kerak böladi", deydi de la Parra.

Uning aytişiça, 29-30 yanvar kunlari şahar aholisi uçun "eng oğir kunlar" bölişi mumkin.

Keng kölamli ta'mirlaş işlari uçun hukumat 500dan ortiq maxsus texnikani jalb qiladi.

Ta'mirlaş işlari 1 fevral kunigaça amalga oşirilişi, şundan söng Lotin Amerikasining eng yirik şaharlaridan biri bölmiş Mexikoda hayot yana avvalgidek davom etişi aytilgan.