Moskva şahar Tver sudi 2 mart kuni buvisi Adelina Adalis (1900-1969)ning şe'ridan öz reklamasida foydalangani uçun McDonald's`dan 5 million rubl talab qilgan moskvalikning şikoyatini körib çiqadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Xabarda keltirilişiça, Rossiya poytaxti Moskva şahrida yaşovçi Sergeyev özini Adalis ijodining merosxöri deb hisoblaydi. Da'vogarning aytişiça, McDonald's öz reklamasida buvisining şe'ridan foydalaniş uçun ruxsat olmagan.

OAV xabarida keltirilişiça, gap “Sönggi poema” qöşiğining bir parçasi haqida ketmoqda. Unda: “Bu tuş emas, bu tuş emas/Bu faqat mening haqiqatim/Bu haqiqat” sözlari ifodalangan. Uşbu jumlalardan McDonald’s`ning “Tuxum va bötqa” reklama klipida foydalanilgan.