28 yanvarda Qozoğistonning Manğistau viloyatida temir yölning Manğişlak–Beyneu qismidagi 6-raz'yezd yaqinida soat 16.30 da gaz taşuvçi maşina haydovçisi aybi bilan “Manğişlak-Olmaota” yönalişi böyiça ketayotgan 377-yölovçi poyezdi bilan töqnaşuv sodir böldi. Bu haqda “Kazaxstan temir joli” milliy kompaniyasi matbuot xizmatida nur.kz portaliga ma'lum qilindi.

Poyezd maşinistining aytişiça, gaz taşuvçi maşina pereyezdda poyezd ötib ketişini kutib turgan bölgan. Maşina haydovçisi poyezd yaqinlaşayotgan paytda birdaniga harakatlanişni boşlagan. Poyezd maşinisti 50 km/soat tezlikda favqulodda tormozlanişni qöllagan, biroq masofa kiçik bölgani sabab töqnaşuvdan qoçişning iloji bölmagan.

Töqnaşuv oqibatida lokomotivning birinçi seksiyasi şikastlangan. Pereyezd signalizatsiyasi qurilmasi soz holda bölgan. Yonğin çiqmagan.

Gaz taşuvçi maşina haydovçisi halok bölgan, maşinist yordamçisi jarohat olgan. Uşbu holatni tergov qiliş va töqnaşuv oqibatlarini bartaraf qiliş uçun voqea joyiga Manğistau yöl bölimi korxonalari rahbarlari yetib kelganlar.

Guvohlardan birining aytişiça, maşinist töqnaşuvdan oldin uzoq signal çalgan. Biroq gaz taşuvçi maşina haydovçisi töxtamagan. Poyezd maşinaga urilib, uni 40 metrlarga sudrab ketgan. Gaz sisternasida teşik hosil bölgan, biroq portlaş yuz bermagan. Guvohning aytişiça, voqea joyida kuçli gaz hidi sezilgan.

Poyezd maşinisti Arap Agatayev yonğin çiqişining oldini oliş uçun paçoqlangan lokomotivdan çiqib, teplovoz seksiyalarini ikkinçi seksiyasidan ajratib, poyezdni xavfsiz masofaga olib ketgan.

“Bu payt men faqatgina yölovçilarning xavfsizligi haqida öyladim. Bu men uçun eng asosiysi edi”, deb aytmoqda maşinist. Lokomotiv almaştirilgandan keyin yölovçilar öz yöllarini davom ettirganlar.