2015 yilda Tojikistonda qimmatbaho metallar işlab çiqarilişi hajmi sezilarli oşdi. 2015 yilda 2014 yildagiga nisbatan oltin işlab çiqariş 31,6 foizga, kumuş işlab çiqariş esa 61 foizga oşdi. Bunday ma'lumotlarni jurnalistlarga Duşanbeda bölib ötgan matbuot-anjumanda Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Şavkat Bobozoda keltirib ötdi.

Bobozoda 2015 yilda işlab çiqarilgan oltin hajmini “sir” ekanligi sababli aytmadi. “Biz 1-raqamli qimmatbaho metall böyiça ma'lumotlarni faqatgina ötgan yilga nisbatan foizlarda taqdim qilişimiz mumkin”, deb aytdi Bobozoda.

Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga köra, 2014 yilda Tojikistonda 3,2 tonnaga yaqin oltin işlab çiqarilgan. Bundan kelib çiqqan holda, 2015 yilda 4,2 tonna oltin olinganini taxmin qiliş mumkin.

Bobozodaning ta'kidlaşiça, ötgan yili Tojikiston Milliy banki va moliya vazirligi tomonidan mamlakatda işlab çiqarilgan oltinni sotib oliş hajmi köpaydi.

Şuningdek, 2015 yilda Tojikistonda tilla buyumlar işlab çiqaruvçi korxonalar mamlakatda işlab çiqarilgan oltinni sotib olişni boşlaşdi.

Tojikistonda oltin işlab çiqariş bilan “Zarafşon”, “Aprelevka”, “Odina” qöşma korxonalari, Xitoyning China Nonferrous Gold kompaniyasi, mahalliy “Nazira”, “Ganj”, “Barakat” va “Istiqlol” korxonalari va yana bir neçta korxonalar şuğullanadi.