Toşkent şahrida tabiatdan noqonuniy ravişda foydalanganlik uçun yil boşidan buyon 23 mln sömdan ortiq jarima solindi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligining axborot xizmati ma'lum qildi.

2015 yilda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi 290-sonli qarori talabiga köra tabiatdan foydalanuvçilar tomonidan berilgan murojaatlarga köra joyiga çiqib dov-daraxtlarning holati örganilib, mahalliy hokimliklarga 1578ta xulosalar kiritildi.

Mazkur qaror talabiga köra, Toşkentda ösimlik dunyosidan maxsus foydalanganlik uçun 2015 yilda 731,7 mln söm undirildi. Noqonuniy ravişda tabiatdan foydalanganlik uçun yil boşidan beri 168ta holat böyiça 23,680 mln sömlik jarima solindi va ösimlik dunyosiga yetkazilgan 58,504 mln sömlik moddiy zarar undirildi.