Rejissyor Zebo Navrözova öğillari va ijodiga oid savollarga javob berdi, deya yozmoqda "Bekajon" gazetasi.

Zebo Navrözova “Bekajon” naşriga bergan intervyusida gazeta muxbirining “Aktrisa Asal Şodiyevani bölğusi kelinlikka özingiz tanlagan edingiz, ammo negadir ikki yoşning munosabatlari uzoqqa çözilmadi. Nima sababdan ularning munosabatlari töy bilan yakun topmadi?” degan savoliga quyidagiça javob berdi:

-Haqiqatdan ham, Asal Şodiyevani özim tanlaganman. Özini, oilasini hurmat qilaman. San'atkor bölsa ham hayoli, töğrisöz, har xil ortiqça maşğulotlarga işqiboz emas. Suratga oliş işlaridan böşadimi, uyiga boradi, bemavrid köçaga çiqmaydigan qiz. San'atkorlar orasida bundaylar juda kam, sababi san'at ahlining yurişi, köçada yumuşi köp böladi. Şohruhxon ham uni hurmat qiladi, ular döst. Savolingizga aniq javob berişim qiyin. Ular birga böladimi yoki yöq, buni hayot körsatadi.