Eksport qilinadigan norveg lososi narxi yanvar oyida 30 yillik maksimum qiymatiga erişdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Ta'kidlanişiça, 2015 yilda lososni köpaytiriş rentabelligi sezilarli yaxşilandi, vaholanki 2014 yilda norveg akvafermalariga inqirozga yuz tutiş xavf solayotgan edi va ular baliqni öz tannarxidan past narxda sotişga majbur bölayotgandilar.
2015 yilda Norvegiya rekord darajadagi baliq va dengiz mahsulotlari eksportini qayd qildi, jumladan 5,4 mlrd dollarlik losos eksport qilindi. Şu bilan birga talabning tiklanişi oxirgi ikki yil içida Cargill Inc. va Mitsubishi Corp. kabi yirik investorlarni jalb qildi.
2015 yilning oktabridan losos 53 foizga qimmatlaşdi. 17 yanvarda bu baliqning bir kilogrami narxi 7,15 dollarga baholanayotgan edi, şundan keyin narxlar oşişi biroz sustlaşdi, çunki bozor iştirokçilari baland narxlar talabning qaytişiga olib kelişidan xavfsiraşmoqda. 2014 yilda bir kilogramm losos narxi 3 dollar atrofida turgan.






