Istanbulda Turkiya kontrabandaga qarşi kuraş xodimlari Pablo Pikassoning kartinasini sotişga uringan transmilliy jinoiy guruh a'zolarini qölga oldi. Bu haqda 30 yanvar kuni Anadolu agentligi xabar bermoqda.
“Soçini tarayotgan yalanğoç ayol” nomli rasm 1940 yili çizilgan bölib, u Nyu-Yorkda yaşovçi kolleksioner uyidan öğirlab ketilgan. Jinoyat qaçon sodir etilgani oşkor qilinmadi.
Politsiya xodimlari özlarini xaridor qilib körsatib, banda a'zolari bilan aloqaga kirişgan. Kartina narxi 8 mln dollar deb belgilangan, söng jinoyatçilar 1 mln dollar ötişga rozi bölişgan. Uçraşuv kafeda bölib ötgan. Öşa yerda ular jinoyat ustida qölga olingan.
Ayni paytda tergov harakatlari boşlab yuborilgan.






