2012 yilning mayida "Özbekneftegaz" MXK va Singapurning Indorama Group kompaniyasi tomonidan Qaşqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta işlaş zavodida gaz-kimyo majmuasini quriş maqsadida yaratilgan UzIndoramaGasChemical qöşma korxonasi majmuani quriş loyihasini neft bozoridagi narxlar pastligi sababli qoldirdi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligiga qöşma korxona xodimi.
“Loyiha noma'lum muddatga qoldirildi, jahondagi narxlar bu yilda qurilişni boşlaşga imkon bermaydi”, deb aytdi korxona xodimi. Uning aytişiça, loyiha iştirokçilari uning amalga oşirilişiga yangi iştirokçilarni jalb qila olmaganlar.
“Joriy yilda loyiha moliyalaştiriş kafolatlarining yöqligi sababli investitsion dasturga kiritilmadi”, deb aytdi kompaniya xodimi. Uning fikriça, loyihani amalga oşiriş energiya zaxiralari bozorida narxlar ijobiy tomonga özgarsa, qayta jonlanişi mumkin.
2,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oşiriş 2015 yil davomida boşlanişi kerak edi.






