Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres sönggi bir neça yil içida «Barselona» hujumçisi Lionel Messini 3 marta qölga kiritişga urinib körgani ma'lum böldi.

Cadena COPE tarqatgan ma'lumotga köra, «qaymoqranglilar» 2011 yilda ilk marta argentinalik futbolçiga taklif yuborişgan. Öşanda «Real» yetakçisi Kriştianu Ronaldu jamoani tark etiş xavfi yuzaga kelgandi.

2013 yilda «Real» rahbariyati ikkinçi marta «Barselona»ga taklif bilan çiqişgan. Peres kataloniyaliklar rahbariyati bilan uçraşuv ötkazgan, ammo yana öz maqsadiga erişa olmagan.

Messining transferi yuzasidan sönggi muzokara bundan 1 yil avval ötkazilgan, ammo qisqa va lönda javob olgan: "Rahmat, ammo yöq!".

Şundan söng Peres Neymar variantiga öz e'tiborini qaratdi.

Messi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 17 yoşida ilk marta maydonga tuşgan. Joriy mavsumda jarohatlar tufayli bir qança öyinlarda qatnaşa olmagan bölsada, 15ta öyinda 11ta gol urib, 4 marta golli uzatma muallifi bölgan.