“Barselona” Ispaniya Primerasining 22-turida öz maydoni “Kamp Nou”da “Atletiko”ga qarşi uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvga 94990 tomoşabin taşrif buyurdi, bu katalon klubi uçun tomoşabinlarning maydonga taşrif buyurişi böyiça joriy mavsumdagi rekord körsatkiç böldi. “Kamp Nou” stadioni hammasi bölib 99 354 tomoşabinni siğdira oladi.
Katalon klubi uçun bu boradagi avvalgi rekord natija “Gamper kubogi” mavsumoldi musobaqasining finalida “Roma”ga qarşi uçraşuvda qayd etilgandi. 2015 yil 5 avgustda bölib ötgan uçraşuvga 94422 tomoşabin taşrif buyurgandi.






