Milanning “Inter” futbol klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumçisi Adriano AQŞning 4-ligasida iştirok etuvçi “Mayami Yunayted” klubining futbolçisi böldi, deb xabar berilmoqda jamoaning rasmiy saytida.
OAV ma'lumotlariga köra, Adriano bundan avvalroq jamoaning 40 foiz aksiyasini sotib olgandi va klubning daromadidan bir qismini oladi.
Braziliya terma jamoasi safida 48 ta öyinda 27 ta gol urgan hujumçi 2014 yilda “Atletiko Paranaense” jamoasi safida 4 ta öyinda maydonga tuşgan. Futbolçi “Atletiko”ga ötişdan avval 2 yilga yaqin heç qayerda öynamagan.
Spirtli içimliklar iste'mol qiliş bilan muammolarga ega bölgan Adriano öz vaqtida Italiyaning “Inter”, “Parma, “Roma” safida töp surgan. U “Inter” safida Italiyaning 4 karra çempioni, ikki karra Italiya kubogi sohibi bölgan, Braziliya termasi safida Amerika kubogini qölga kiritgan.






