Tojikistonning poytaxti Duşanbedan 20 km şarqda joylaşgan Vaxdat şahrida 2 ming mahbusga möljallangan yangi axloq-tuzatiş koloniyasi qurilmoqda. Bu turmaga Duşanbe markazida joylaşgan koloniyadagi mahbuslar köçirib ötkaziladi.

Yangi koloniya loyihasini Bolgariya kompaniyasi yaratgan.

“Duşanbedagi turma 1935 yilda qurilgan va 1,5 ming mahbusga möljallangan. Biz uni har yili ta'mirlaşimizga qaramay, bino eskirib ketgan va standartlarga javob bermaydi. Şuning uçun mahbuslarni saqlaş böyiça xalqaro standartlarga javob beruvçi yangi turma qurişga qaror qildik”, deb aytdi “Aziya-plyus” portali manbasi.

Manbaning ta'kidlaşiça, obekt qurilişi 2010 yilda boşlangan, u davlat pul ajratişiga qarab bosqiçma-bosqiç quriladi.

Tojikiston Adliya vazirligining Jazolarni ijro etiş boş boşqarmasi ma'lumotlariga köra, Rudakiy tumanidagi tergov izolyatorini quriş uçun ham yer ajratilgan. “Bu obekt ham Duşanbeda joylaşgan, bunga yöl qöyib bölmaydi, şuning uçun izolyatorni şahar taşqarisiga olib çiqişga qaror qildik”, deb ta'kidlamoqda manba.

Şu bilan birga, kelgusida butun mamlakat böylab yangi qamoqxonalar quriş yoki mavjudlarini ta'mirlaş rejalaştirilmoqda, çunki ularning barçasi sobiq ittifoq zamonida qurilgan va zamonaviy talablarga javob bermaydi.

Tojikistonda 18 ta axloq-tuzatiş muassasa mavjud bölib, ulardan 5 tasi tergov izolyatori, 8 tasi turli tartibdagi axloq-tuzatiş koloniyalari, bitta baloğatga yetmaganlar uçun tarbiya koloniyasi, bitta qamoqxona, uçta koloniya qişloq hisoblanadi.