Ukrainalik superboksçi, sobiq jahon çempioni Vladimir Kliçkoning boş murabbiyi Jonaton Benks öz şogirdining britaniyalik boksçi Tayson Fyuriga mağlub bölişining sababini aytdi. Boksçilar örtasidagi uçraşuv 2015 yilning noyabrida bölib ötgan va britaniyalik boksçining oçkolar böyiça ğalabasi bilan yakunlangandi. Oqibatda Kliçko barça çempionlik kamarlaridan mahrum bölgandi.

“Kliçko Fyuriga qarşi jangga yaxşi tayyorlangandi. Agar bunday bölmaganda, men buni sezgan bölardim. Köpçilik u jang vaqtida bir keçada qarib ketganini aytişdi, biroq yoş – bu jarayon. Sen tuğilganingda, senga darrov 10 yoş bölib qolmaydi-ku. Agar jangçi ringda qaridek körinsa, maşğulot lagerida buning alomatlari bölardi, biroq bu bölmadi. Heç kim buni inobatga olmayapti. Vladimir qari emas, öşa keça şunçalik u uçun yomon keldi”, deb aytdi Benks.