AQŞ hukumati Saudiya Arabistonida terrorçilikda gumon qilinib hibsga olinganlar orasida öz fuqarolari borligini tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Hukumatning aytişiça, dastlabki tekşiruvlar natijalariga köra hibsga olinganlar orasida amerikaliklar yöqligi aniqlangan. Şu bilan birga hibsga olinganlarni ma'lumotlar bazasi böyiça tekşiriş hamon davom etmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni terrorçilikda gumon qilib 33 kişini, jumladan AQŞning 9 nafar fuqarosini hibsga olgani ma'lum qilingandi.
Ma'lumotlarga köra, şuningdek, bir nafar qozoğistonlik, indoneziyalik, filippinlik va ikki nafar suriyalik hibsga olingan.






