The Heritage Foundation jamğarmasi 2016 yil uçun iqtisodiy erkinlik reytingi (2016 Index of Economic Freedom) işlab çiqdi. Har yili taqdim qilinadigan uşbu reytingda davlatlar 100 balli şkala böyiça baholanib, 5ta guruhga bölib joylaştiriladi: Erkin (100-80), Nisbatan erkin (79.9-70), Mö'tadil erkin (69.9-60), Nisbatan erkin emas (59.9-50), Siqib qöyilgan (49.9-40).

Birinçi guruhga Gongkong (88.6 ball), Singapur (87.8 ball), Yangi Zelandiya (81.6 ball), Şveytsariya (81.0 ball), Avstraliya (80.3) kirdi.


Önlikka, şuningdek, Kanada, Çili, Irlandiya, Estoniya, Birlaşgan Qirollik kirdi. Oxirgi uç örinni Venesuela, Kuba, Şimoliy Koreya egalladi. Afğoniston, Iroq, Liviya, Lixtenşteyn, Somali, Sudan, Suriya, Yaman reytingdan örin olmadi. Uşbu röyxatda Özbekiston 166-örinni egalladi. Mintaqaning boşqa davlatlari körsatgan natijalar: Turkmaniston – 174-örin, Tojikiston – 149-örin, Qirğiziston – 96-örin, Qozoğiston – 68-örin.