"Yuventus" Italiya A seriyasining 22-turida mehmonda "Kevo"ni tor-mor etdi. Uçraşuv Veronada "Mark-Antonio Bentegodi" stadionida bölib ötdi hamda turinliklarning 0:4 hisobidagi yirik ğalabasi bilan yakunlandi. "Yuve" şu tariqa çempionatdagi ketma-ket 12-ğalabasini qölga kiritdi.

Uçraşuvda Alvaro Morata dubl qayd qildi, Aleks Sandro va Pol Pogba öz hisoblariga bittadan töp yozib qöyişdi.

"Yuve" 48 oçko töplagan holda musobaqa jadvalining 1-öriniga kötarilib oldi. 2-örinda borayotgan "Napoli" "Yuve"dan bir oçko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bitta öyinga ega. "Kevo" 27 oçko bilan 10-örinni egallamoqda.

Italiya A seriyasi. 22-tur
Kevo – Yuventus – 0:4
Gollar: Morata, 6 (0:1); Morata, 40 (0:2); Sandro, 61 (0:3); Pogba, 67 (0:4).