Kanadaning Serinus Energy kompaniyasi Burisma kompaniyasi bilan boğlangan Resano Trading Ltd kompaniyasiga Ukrainadagi gaz aktivlarini sotmoqda. Bu haqda Serinus Energy bergan xabarda aytilgan.

Serinus kompaniyasi KUB-Gas Holdings Limited’ning 70 foizlik aksiyalar paketini sotmoqda. KUB-Gas kompaniyasi Dnepr-Donetsk havzasida gaz koniga ega.

Serinus öz aksiyalar paketi uçun 30 mln dollar oladi. 13,5 mln dollarlik birinçi tranş kompaniya hisobiga ötkazib berilgan. Bitimni 8 fevralgaça yopiş rejalaştirilmoqda.

Serinus aktivni sotişdan olgan pullarni korporativ qarzni uzişga va Ruminiyadagi biznesni rivojlantirişga işlatmoqçi.

Burisma kompaniyasi 2010-2014 yillarda Ukrainaning atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurlar vaziri hamda Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari lavozimlarini egallagan ukrainalik tadbirkor Nikolay Zloçevskiyga tegişli.

Kompaniya Ukraina hududida neft va gaz qazib oliş uçun 20 taga litsenziyaga ega. Burisma direktorlar kengaşiga AQŞ vitse-prezidenti Jo Baydenning öğli Xanter Bayden hamda 1995-2005 yillarda Polşa prezidenti bölgan Aleksander Kvasnevskiy kiradi.