Alişer Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Navoiyni soğinib”deb nomlangan adabiy-badiiy keça 2016 yil 5 fevral kuni 15:00 da Sirdaryo viloyati Guliston şahridagi 1-son bolalar musiqa va san'at maktabida bölib ötadi. Bu haqda tadbir taşkilotçisi Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar ilmiy-metodik markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu tadbir Sirdaryo viloyat hokimligi, Xalq ta'limi boşqarmasining amaliy kömagi hamda Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar ilmiy metodika markazi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasining uslubiy yordamida taşkil etilmoqda.

Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar ilmiy metodik markazi faoliyati san'at va uni rivojlantiriş, yangi iste'dod sohiblarini kaşf etiş bilan bevosita boğliqdir. Şuning uçun markaz xodimlari viloyatlardagi musiqa va san'at maktablari bilan mustahkam aloqa örnatişga astoydil harakat qilmoqda. Navoiy dahosiga ehtirom ramzi sifatida ötkazilayotgan bugungi tadbirdan közlangan asosiy maqsad uluğ bobomizning boy adabiy merosini örganiş va tarğib etişni keng yölga qöyiş, öquvçi-yoşlar qalbi va ongiga şoir asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini çuqur singdiriş, şuningdek, zamonaviy öquv dargohlarida san'at sirlarini örganayotgan yoş san'at şaydolari bilimini, iste'dodini körikdan ötkazib, ma'naviy rağbatlantirişdan iboratdir.

Tadbirda Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar ilmiy metodika markazi qoşida faoliyat körsatayotgan “Surxon” estrada ansambli hamda “Sirdaryo navolari” aşula va raqs ansambli öz dasturlari bilan iştirok etadi.