Rossiya sobiq boş vaziri va PARNAS rahbari Mixail Kasyanov feysbukda uni Ramzon Qodirov "snayper nişoni"ga olgan holda tasvirlagan videosiga izoh berdi.
"Buni siyosiy adovat sababli öldiriş bilan töğridan-töğri tahdid qiliş, davlat va jamiyat arbobining hayotiga tajovuz, aholini qörquvga soluvçi harakatni amalga oşiriş istagini ommaviy ravişda bildiriş deb baholayman", deb yozdi Kasyanov.
Kasyanovning aytişiça, Qodirovning "mamlakatda avj olayotgan özgaça fikrlovçilarga qarşi kampaniya"dagi iştiroki uçun Vladimir Putin ham javobgar.
Kasyanov huquq-tartibot muassasalariga "zaruriy şikoyat arizalarini" topşirmoqçi.
Kasyanovning e'tiroziga Ramzon Qodirovning instagramda Kasyanov "snayper nişoni"ga olingan holda tasvirlangan videoni çop etgani sabab böldi. Video "Kasyanov Strasburgga Rossiya muxolifati uçun atalgan pulga keldi" deb nomlangan. Qodirov videoga izohda "Kim tuşunmagan bölsa, tuşunib oladi!" deb yozuv qoldirgan.






