Angliyaning «Mançester Siti» klubi boş murabbiyi Manuel Pellegrini yozda uning örnini egallaydigan «Bavariya» boş murabbiy Xosep Gvardiolaning «şaharliklar» boşqaruviga kelişi borasida öz bayonotini berdi.
«Men klub rahbariyati bilan gaplaşganimda, bu yerda dastlabki tuzgan şartnomam yakuniga qadar işlaşimni aytgandim. Şartnomaning 2017 yilgaça uzaytirilişida bitta şart bor edi. Ikkala tomon ham istasa, bu banddan foydalanişni töxtaşi mumkin bölardi. Men bu yerdagi faoliyatimni 30 iyun kuni yakunlayman, şunday ekan heç qanday spekulyatsiya bölişi mumkin emas.
«Mançester Siti» orqamdan heç qanday iş qilgani yöq. Men bularning hammasi haqida bir oy oldin bilardim. Bu haqidagi miş-mişlar yaxşi emas deb öylayman. Şu boisdan ham şaxsan özim spekulyatsiyaga yakun yasaşni va futbolçilarga va matbuotga bu haqida xabar berişni istadim. Men ikki hafta oldin klub rahbarlari bilan gaplaşganimda şunday qilmoqçi ekanimni aytgandim», – deydi 62 yoşli mutaxassis.
Eslatib ötamiz, çililik murabbiy Mançesterda 2013 yildan buyon işlab kelmoqda. Bu davr mobaynida u Angliya çempionati va Kubogida zafar quçişga ulgurgan.






