Niderlandiya huquq-tartibot muassasalari Guard From Above kompaniyasi bilan birgalikda kvadokopterlarni bartaraf eta oluvçi burgutlarni örgatuvçi dasturni işga tuşirdilar. Bu haqda The Verge naşri xabar bermoqda.

Yirtqiç quşlar bemalol dronlar bilan kuraşa olişlari ma'lum böldi. Burgutlarning qobiliyatlarini namoyiş qiluvçi videoda burgut kvadrokopterni parraklaridan uşlab, uni töxtatib qöyganini köriş mumkin. Ğoya mualliflarining fikriça, burgutlar duşman dronlarini uşlaş va ularni xavfsiz joyga olib borişga qodirlar. Biroq bu jarayon quşlarning özi uçun qançalik xavfsiz bölişi hali aniq emas.

Nomaqbul dronlarni urib tuşiriş yoki qöndiriş böyiça vositalarni işlab çiqiş böyiça işlar allaqaçon faol tarzda olib borilmoqda. Misol uçun, Battelle's Drone Defender miltiği radiotölqinlar yuboriş bilan dronning operatordan buyruqlar ololmasligiga va yerga qöndirişga imkon beradi. Dronlarni bartaraf etişning yana bir yöli ularni boşqa dron bilan uşlaş hisoblanadi.