2 fevraldan boşlab loser.com sayti (inglizçadan "yolğonçi" ma'nosida) sahifasiga kirganda havola «Vikipediya» portalining Donald Tramp haqida ma'lumot beruvçi qismiga yönaltirilmoqda.

Tramp Ayova ştatida bölib ötgan saylovlarda AQŞ prezidentligiga Respublikaçilardan nomzod böliş uçun 24 foiz ovoz yiqqandi. Uni Texas ştati senatori Ted Kruz 28 foiz ovoz olib, ortda qoldirgan.

Aynan mana şu mağlubiyat sababli saytga kiriş uçun havolani terganda u yerda Trampning «Vikipediya»dagi sahifasiga ötib ketilişi holati kuzatilayotgani aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, Loser.com sayti 1997 yilda röyxatdan ötgan bölib, bu paytgaça uning egalari juda köp marta özgargan. 2015 yilning mart holatiga köra, uşbu domen nomiga 44 yoşli şimoliy karolinalik Brayan Konnelli egalik qilmoqda.

Bungaça ham sayt turli xil maşhurlarning sahifalariga yönaltirib qöyilişi kuzatilgan. 2000 yilda sayt prezidentlik uçun saylovlarda Jorj Buşga yutqazib qöygan Albert Gorning saylovoldi dasturiga rahbarlik qilgan Uilyam Deylining sahifasiga yönaltirib qöyilgandi.

2002 yilda loser.com muxolif senator Jim Xodjyesning sahifasiga ulab qöyilgan. 2008 yilda sayt Baraka Obamaning saylovoldi dasturi aks etgan saytga közgu vazifasini ötagan.

2010 yilda manzil Wikileaks’ga, 2012-yilda Reddit’ga yönaltirib qöyilgan. 2015 yilning martida sayt «Gremmi» mukofotidagi mojaroli iştiroki bilan yodda qolgan amerikalik Kane Uestning «Vikipediya»dagi sahifasiga qayta manzillab qöyilgandi.