Qozoğiston poytaxtida Air Astana kompaniyasining “Pekin – Ostana” reysi böyiça uçayotgan samolyoti bortida yölovçining 3800 dollar pulini öğirlagan ikki xitoylik sud qilindi. Bu haqda Nur.kz transport prokuraturasi matbuot xizmati xabariga tayanib ma'lum qildi.
2015 yilning oktabrida Ostona aeroporti politsiya bölinmasi navbatçilik qismi Xitoy fuqarosi Xu Daolindan pul mablağlari öğirlangani töğrisidagi şikoyat kelib tuşgan edi.
Transport politsiyasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni amalga oşirganlik gumon qilinib ikki nafar XXR fuqarosi Li Bin va Li Inksing qölga olingan. 25 yanvar kuni bölib ötgan sud jarayonida ular aybdor deb topilib, 3 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularga tegişli buyumlar musodara qilindi.






