Professional boksning WBC kamari sohibi rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin Vladimir Kliçkodan revanş oliş ahdidan qaytmayapti. U öz titullarini britaniyalik Tayson Fyuriga boy bergan bu ukrainalik boksçi bilan jang heç qanday tutul bermasada, u bilan muştlaşmoqçi.

Ayni vaqtda Povetkin WBC versiyasi böyiça çempionlik kamariga ega çiqiş uçun amerikalik boksçi Deonte Uaylderga da'vogar hisoblanadi.

"Kliçkodan qasd oliş hissim yöqolmaydi. Umid qilamanki, kun kelib, u bilan ringda yana töqnaşamiz. Hatto, bu jangdagi ğalaba biron bir kamar bermasa ham bu jangga rozilik bergan bölardim", deydi boksçi.

"U jiddiy boksçi, kuçli zarbaga ega. Juda ham jiddiy, aks holda u jahon çempioni bölmasdi. Kliçko – afsona. U öz kamarini 11 yil himoya qilgan. Agar boşqa yoş yigit şu yölni bosib öta olsa, uni şu darajaga qöyişdan boşqa ilojimiz yöq. Hozirça men Vladimir Kliçkoni kuçli boksçi deb hisoblayveraman", degan u Kliçko haqida.