Jahon miqyosida neft narxining tuşib borayotgani Saudiya Arabistonini qarz bozoriga çiqişga va obligatsiyalar çiqarişga majbur qilmoqda, deb yozadi Financial Times naşri. Boz ustiga, ta'kidlanişiça, Suriya va Yamandagi harbiy operatsiya qirollik byudjyetiga qöşimça oğirlik tuğdirmoqda.

Saudiya Arabistoni byudjyetining daromad qismi 73 foizga neft savdosi asosida şakllantiriladi. 2015 yil yakunlariga köra neft narxining tuşişi oqibatida qirollikning valyuta zaxiralari 97 mlrd dollarga qisqarib, endilikda 640 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 2014 yilda byudjyet kamomadi YaIMning 1.6 foizini taşkil qilgan bölsa, 2020 yilga kelib bu körsatkiç 50 foizga tenglaşişi mumkin.

Tahlilçilarning fikriça, Saudiya Arabistoni çiqaradigan obligatsiyalar hajmi va ularning daromad darajasi uç omilga boğliq böladi: neft narxi, mamlakat oltin valyuta zaxirasi va bozordagi özgaruvçanlik. Agar barça yönalişlardagi bosim tuşsa, Riyodning jahon qarz bozoriga kirişi muvaffaqiyat keltirişi mumkin, aks holda saudiyaliklar yuqori foizlarda bir neça milliard qarz oliş bilangina çeklanişadi.