Bugun, 3 fevral kuni Hindiston şimolidagi Jammu va Kaşmir ştatlaridagi köçki röy bergan Siaçen muzligi hududida eng kamida 10 nafar askar bedarak yöqoldi. Bu haqda Tribune elektron nusxasida xabar qilindi.
Taxminiy ma'lumotlarga köra, harbiy xizmatçilar bölgan bunker köçki ostida qolgan. Harbiylarning qismati haqida hozirça heç qanday ma'lumot yöq. Hindiston armiyasi va harbiy havo kuçlari qutqaruv amaliyotini boşlagan.
Siaçen – Qoraqurum toğ tizmasidagi eng katta muzlik bölib, uning maydoni 1,1 ming kv. km, uzunligi 75 kilometrni taşkil etadi. Bu yerda Hindiston va Pokiston örtasidagi eng bahsli joylardan biri sanaladi. 2012 yilda Siaçendagi köçki natijasida 30 nafar pokistonlik harbiy halok bölgan edi.






