Meksikaning Kuernavaka şahri iş taşlaş e'lon qilgan çiqindi yiğuvçilar tomonidan çiqindilar bilan töldirib taşlandi. Asosiy ma'muriy binolarga olib boradigan yöllar tonnalab çiriyotgan çiqindi va pokrişkalar bilan tösib taşlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Iş taşlaş aksiyasida yuzga yaqin odam iştirok etmoqda. Ular hukumatdan bir neça oylik maoşlari böyiça qarzni uzişni talab qilişmoqda. Agentlik ma'lumotlariga köra, gap 60 mln pesolik (joriy kurs böyiça 3,2 mln dollar) qarz haqida bormoqda.
Şahar çiqindilarni tozalaş xizmati vakili norozilik aksiyasi qarz töliq uzilmagunça davom ettirilişini aytdi. Norozilar şahar meri Kuautemok Blanko bilan uçraşmoqçilar.






