Özbekiston Sharq naşriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalarini sotuvga qöydi. Bu haqda Sputnik Davlat raqobat qömitasi vakiliga tayanib xabar tarqatdi.
Manbaga köra, xorijlik investorlar uçun kompaniyaning 44 foiz aksiyalari taklif qilinmoqda. Natijada korxonaning asosiy aksiyalar paketi (51 foiz) davlat ixtiyorida qoladi. Qolgan 5 foiz aksiyalar kompaniya xodimlariga tegişli bölib qoladi.
"Aytiş kerakki, iş unumdorligini oşiriş va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş uçun uskunalarni yangilaş va zamonaviy boşqaruv yeçimlarini joriy etiş maqsadida Sharq naşriyotiga xorijiy investorlar kelişi zarur. Işlab çiqarişni modernizatsiyalaş har yili mahsulot hajmini 8-12 foizga oşiriş imkonini beradi.
Bugungi kunda korxona quvvatlari umumiy yillik adadda 85 mln. nusxadan ortiq 80 dan ziyod gazeta va 20 ta jurnal, şuningdek, 16 mln. kitob çop etiş imkonini beradi. Moddiy-texnik baza Germaniya, Hindiston, Amerika, Avstriya va Şvetsiya uskunalaridan iborat", deyiladi telegraf.uz xabarida.






