AQŞning Yahoo! kompaniyasi xodimlari sonini 15 foizga qisqartiriş va 5 ta şahar: Dubay, Mexiko, Buenos-Ayres, Madrid va Milandagi bölimlarini yopişni rejalaştirayotganini rasman e'lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytilmoqda.
Ta'kidlanişiça, bu özgarişlarni 2016 yilning 1-çoragida amalga oşiriş möljallanmoqda.
Yahoo joriy yil oxirigaça 9 ming işçi va mingdan kamroq pudratçilarga ega bölişni rejalaştirmoqda. Kompaniya ma'lumotlariga köra, olib qolinadigan xodimlar soni 2012 yildagidan 42 foizga kamroq böladi va yiliga 400 mln dollar tejaşga imkon beradi.
Kompaniya bunday keskin çoralar evaziga "2017 va 2018 yillarda kuçliroq ösişga erişmoqçi".






