Toşkent viloyati Yuqoriçirçiq tumani içki işlar bölimiga 31 yoşli tadbirkor ayol murojaat qilib, noma'lum şaxs uni urib, qölidan içida 500 ming söm puli, savdo dökoni hujjatlari, uy kalitlari, "I Phone" va "NOKIA" rusumli mobil telefonlari bölgan sumkasini tortib olib voqea joyidan yaşiringanligini ma'lum qilgan.
Içki işlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, uşbu talonçilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub yigit sodir etganligi foş etilib, qölga olindi.
Mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






