Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi a'zosi, Özbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi futbolçisi bölgan Vitaliy Denisov özining joriy qişki transferlar oyi vaqtida Italiyaning «Latsio» jamoasi safiga ötişi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

U «Sovetskiy sport» gaşri muxbiri savollariga javob beriş asnosida öziga Angliya va Germaniya çempionatlari yoqişini, Italiya çempionatidan keyingi vaqtlarda köngli qolgani haqida aytib ötgan.

Denisov özining Italiya A seriyasi iştirokçisi «Latsio» safiga ötişi mumkinligi borasidagi xabarlar esa qayerdan paydo bölganini bila olmay qolganini, aslida bunday ehtimol bölmaganini bildirgan.

«Yangi yil arafasida Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasidan taklif bölgani haqida ham şunday asossiz xabar tarqalgandi. «Latsio»dan taklif bölişi yomon emas, bunday holatda albatta muzokaralar stoliga ötirişdan qoçmasdim.

Lekin menga qolsa, Angliyada öynaşni tanlardim. Masalan, «Arsenal» yoki «Everton»da. Yoki Mançester klublaridan birida», degan u.

Vitaliy Denisov Turkiya çempionatiga yöl olişi mumkin

Vitaliy Denisov "Latsio" safiga ötişi mumkin