2015 yilning oxirgi 3 oyi davomida Nintendo kompaniyasining daromadi yangi öyinlarning yöqligi sababli 36 foizga kamayib ketdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.

2015 yilning 4-çoragiga töğri keluvçi 3-moliyaviy çorakda Nintendöning sof daromadi 29,1 mlrd iyen (241,3 mln dollar)ni taşkil qildi, bir yil avval bu körsatkiç 274,8 mln dollarni taşkil qilgandi. Tuşum 19 foizga, ya'ni 1,8 mlrd dollargaça kamayib ketgan.

Kompaniya daromadlari tahlilçilarning prognozlaridan kamroqni taşkil qildi.

Ekspertlarning fikriça, Nintendöning 3-moliyaviy çorakdagi past natijalari bozorda kompaniyaning yangi yirik loyihalarining yöqligi bilan boğlangan. Kompaniyaning özi Super Mario Maker va Splatoon öyinlariga talabning kattaligiga e'tiborni qaratmoqda, bu ikki öyin umumiy hisobda 7,4 mln nusxada sotilgan.

Kompaniya 2015 yilning 4-çoragida Wii U öyin pristavkasidan 1,87 mln dona sotgan, bu bir yil avvalgi körsatkiçdan 2 foiz kamroqni taşkil qilgan. Bu qurilma paydo bölgan 2012 yildan beri undan jami 12,6 mln dona sotilgan. Taqqoslaş uçun, Wii U’dan bir yildan keyin sotuvga çiqqan, raqobatçilarning PlayStation 4 va Xbox One pristavkalaridan mos ravişda 36 mln va 19 mln dona sotilgan.