Toşkent kimyo-texnologiya instituti olimlari oşqovoq uruğlaridan ösimlik yoğini oliş usulini ixtiro qilişdi.

"Mazkur usul yoğ-moy sanoati, tibbiyot, oşqovoq uruğining yoği asosida dorivor preparatlar oliş sohasi uçun möljallangan. Uning vazifasi qobiqni ajratiş va bir paytning özida mö'tadil temperatura quritiş va fraksiyalaşning yangi usulini yaratiş, texnologik jarayonlarni qisqartiriş, biologik aktiv moddalar va vitaminlar tarkibi yuqori bölgan, oziq-ovqat, tibbiyot va farmasevtikada qöllaş mumkin bölgan yuqori sifatli yoğ oliş uçun presslaş temperaturasini pasaytirişdan iborat", deyiladi Intelektual mulk agentligi xabarida.

Mualliflar jamoasi - Nurmuhamedov Habibulla, Gluşenkova Anna, Qodirov Yöldoşxon, Abdullayev Alişer, Qodirova Nodira, Nurmuhamedov Sa'dulla va Nigmadjonov Samugjonga uşbu usul uçun № IAP 05152 raqamli patent berildi.