Amerikaning The Economist Intelligence Unit tahlil agentligi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, Özbekiston oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi reytingida 64- örinni band qildi. Tahlilçilar dunyoning 109 davlatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetarliligi va ommaviyligini örganib, baholab çiqişdi.

Ma'lumotlarga köra, Özbekiston sanab ötilgan mezonlar içida “yetarlilik” böyiça eng köp ball olgan. Tadqiqotçilar ma'lumotlariga köra, Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari şunçalik köpki, har bir fuqaro kuniga 39 kilokalloriyadan iste'mol qiliş mumkin. Ammo xavfsizlik böyiça 88,5 ball olib, röyxatning 83- poğonasini band etdi. “Ommaviylik” mezoni böyiça esa 58,5 ball töplab, 57- örinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston 56, Tojikiston 88- örinda tilga olindi.
Birinçi örin, ötgan yildagidek, AQŞga nasib qildi. Keyingi örinlarda Singapur, Irlandiya, Avstriya, Niderlandiya, Şveytsariya, Kanada va Germaniya qayd etildi.