Özbekiston hukumati 2016 yilning ikkinçi yarmidan Markaziy Osiyoni Rossiya va Xitoy bilan boğlaydigan avtokoridor qurilişini tugallaş uçun Osiyo taraqqiyot banki(OTB)ning umumiy qiymati 405 million dollarlik bir neça tranşdan iborat kredit mablağlarini qabul qilib olişni boşlaydi. Bu haqda Sputnik agentligi Moliya vazirligi qoşidagi Respublika yöl jamğarmasi vakiliga tayanib ma'lum qildi.
OTB mablağlari mazkur loyiha doirasida 2018 yil oxiriga qadar uçta tranş körinişida ajratiladi.
“Loyihani hujjatlaştiriş işlari yakuniy bosqiçda, mazkur paket yaqin uç yil içidagi OTB va Özbekiston moliyaviy hamkorlik dasturiga kiritilgan”, - deya oydinlik kiritdi jamğarma vakili Toşkentdagi logistika masalalariga bağişlangan konferensiya jarayonida.
Birinçi 2 tranş 2011-2012 yillarda ajratilgan bölib, mamlakat şarqidagi A-373 yölini qayta qurişga sarflangan edi.
Hozirgi vaqtga qadar Özbekistonda milliy avtomagistral qurilişiga OTB kreditlari hisobidan 1,1 milliard dollar sarflandi. Mablağlar A-373 magistralining “Toşkent – Andijon” bölagi va A-380 magistralining “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beynau” yöllarini ta'mirlaş va kengaytirişga sarflangan.






